DZYUDO SPORTIDA MAXSUS MASHQLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Abstract
Annotatsiya:Mazkur maqolada dzyudo sportida qo‘llaniladigan maxsus mashqlarning mazmuni, ularning sportchilar jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarligini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, barcha yosh toifasidagi sportchilar uchun maxsus mashqlarni tanlash tamoyillari, mashg‘ulot samaradorligini oshirish usullari hamda trenerlar faoliyatida foydalanish mumkin bo‘lgan metodik tavsiyalar bayon etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maxsus mashqlardan tizimli va maqsadli foydalanish sportchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.